We use cookies and other technologies on this website to enhance your user experience.
By clicking any link on this page you are giving your consent to our Privacy Policy and Cookies Policy.

Komiljon Otaniyozov 螢幕截圖

關於Komiljon Otaniyozov

Komiljon Otaniyozov qo'shiqlari

Komiljon Otaniyozov (1917.20.7, Shovot tumani Boʻyrachi qishlogʻi — 1975.5.11, Toshkent; oʻz qishlogʻiga dafn etilgan) — xonanda, sozanda (tor), aktyor va bastakor. Oʻzbekiston (1949), Turkmaniston (1964), Qoraqalpogʻiston (1968) xalq artisti. Nihoyatda jozibali va kuchli ovoz sohibi boʻlib, har bir asar talqinida badiiy yetuklikka erishgan. Doston yoʻllarini Bola baxshi Abdullayevdan, Xorazm maqom ashula yoʻllarini Matpano Xudoyberganovdan oʻrgangan. Toshkentdagi Hamza nomidagi musiqa bilim yurtini tugatgan (1955), Toshkent konservatoriyasida taʼlim olgan (1955—56). Xorazm teatrlarida xonanda va aktyor sifatida ishlab (1936—52), Farhod ("Farhod va Shirin"), Tohir, Parfi hofiz ("Tohir va Zuhra"), Qodir ("Gulsara"), Davron Ota ("Davron Ota") kabi obrazlar yaratgan. O. Xorazm viloyat teatrida ashula va raqs ansambli tuzib (1949), konsertlar uyushtirgan. 1957—75 yillarda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda, 1957 yilda filarmoniya qoshida Xorazm ashula va raqs ansambli (hozirgi "Lazgi", 1957—59 va 1963—68 yillarda badiiy rahbari), 1967 yilda Turkmanistonning Toshhovuz viloyati teatrida xalq ansambli, 1973— 74 yillar Shovot tumanida "Feruz" ansamblini tashkil etdi.

Komiljon Otaniyozov 30-yillardan murakkab xalq ashulalarini, dostonlardan qoʻshiqlar ayta boshlagan. Xorazm suvora va makomlari Komiljon Otaniyozov ijrochilik faoliyatining yuqori bosqichi boʻldi. Komiljon Otaniyozov Xorazm doston qoʻshiq(noma)lari asosida yangicha uslub yaratgan. Bastakor sifatida bu uslubda ijod qilgan "Salom, senga Xorazmdan", "Muborak", "Vatan", "Olqish", "Temir yoʻl", "Oʻzbekiston", "Xorazm" kabi qoʻshiklari oʻzining ommabopligi va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Komiljon Otaniyozov A. Stepanov bilan hamkorlikda "Aziz va Sanam", "Oshiq Gʻarib", S. Hayitboyev bilan "Soʻnggi xon" kabi musiqali dramalar yaratdi. Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.

Ushbu ilovada Komiljon Otaniyozovning:

- Bulbul go`rdim

- Dilbargina

- Dog`man

- Feruz

- Fikr etma

- G`ami ishq

- Gulandonim

- Ko`ring

- Lazgi

- Muhammasi baxshi

- Naylaram

- Otashingdir

- Poda boqdim

- Samarqand ishshoqi

- Segoh-1

- Segoh-2

- Suvora

- Xo`sh endi

- Na tilar mannan

- Yorga tegmasin nomli qo`shiqlari joy olgan.

最新版本1.0更新日誌

Last updated on 2019年03月22日

Komiljon Otaniyozov qo'shiqlari

翻譯中...

更多應用信息

最新版本

請求 Komiljon Otaniyozov 更新 1.0

上傳者

Refki Andiarto

系統要求

Android 4.1+

更多
語言
訂閱APKPure
第一時間獲取熱門安卓遊戲應用的首發體驗,最新資訊和玩法教程。
不,謝謝
訂閱
訂閱成功!
您已訂閱APKPure。
訂閱APKPure
第一時間獲取熱門安卓遊戲應用的首發體驗,最新資訊和玩法教程。
不,謝謝
訂閱
成功!
您已訂閱我們的郵件通知。