We use cookies and other technologies on this website to enhance your user experience.
By clicking any link on this page you are giving your consent to our Privacy Policy and Cookies Policy.

Oxunjon Madaliyev Screenshots

Over Oxunjon Madaliyev

Siz sevgan qo'shiqlar (matnlari bilan) sevimli honandangiz ijrosida, internetsiz

Oxunjon Madaliyev Nusratovich 1963-yil 21-may sanasida Farg'ona viloyati Oltiariq tumani, Yangiarab qishlog'ida duradgor usta Nusrat oilasida dunyoga kelgan. 1980-yilda o'rta maktabni tamomlab, 1981-yilda hujjatlarini Far'ona Davlat Pedagogika stelt musiqa fakultetiga topshirgan in. 1985-yilda institutni muvaffaqiyatli tamomlab, yo'llanma bilan Oltiariq tumanidagi 26-sonli o'rta maktabda ashula fani o'qituvchisi bo'lib ishladi.

Keyinchalik Hunar texnika bilim yurtida, bir oz vaqt o'tib, Farg'ona Davlat filarmoniyasida yakkaxon solist sifatida faoliyat yurgizgan.

1989-yili Toshkent shahrida "Kamolot 89" ko'rik tanlovida g'olib bo'lib, shu yilning dekabr oyida "Xalqlar do'stligi" saroyida ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. Keyinchalik xonanda Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston va Turkmaniston Respublikalarida konsert bergan.

Qo'shiqchilik san'atiga qo'shgan munosib hissasi uchun Oxunjon Madaliyev 1997-yil 26-avgustda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.

1999-yil 25-avgustda "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" unvoniga sazovor bo'lgan.

1983-yilda "Ziyodam" deb nomlangan ilk qo'shiqlar albomini taqdim qildi. Keyinchalik "Seni asrasin", "Kimligini aytmayman", "Sendadir xayolim", "Yulduzim", "Navbahor", "Javohirim", "O'zbeklarim", "Yolg'iz ayol", "Sog'inch", "Yoshligim" , "Unutmoq osonmas bizlarni" kabi musiqiy albomlarni muxlislarga havola etgan.

Oxunjon Madaliyev juda sermahsul ijod qildi. Uning deyarli har bir qo'shig'i hali hamon muxslislar yodida. Jumladan hofizning "Turkman qiz", "Unutmoq osonmas bizlarni", "Ketaman", "Nasibam", "Maqsading nima?", "Seni bugun ko'rmasam bo'lmas", "Javohirim", "Yolg'iz ayol" kabi o 'nlab qo'shiqlari juda mashhur bo'lgan.

Oxunjon Madaliyevning odamiyligi haqida so'z ketganda uni yaqindan biladiganlar uning kamtar, tavozuli va sahiy bo'lganini aytadi.

Vodiyning asl o'g'lonlaridan biri bo'lgan Zahriddin Muhammad Boburga o'xshab Oxunjon Madaliyev ham qisqa umr ko'rsa ham, ming-minglab yuraklarda mangu qolib ketdi. U 2000-yil, 29-iyunda yurak infarkti bilan vafot etdi.

Biz tomonga bir bir qarab qo`y,

Bolam,

Dardim sig`mas dunyoga,

Hayot emas u,

Kelinchak,

Ketgim kelmayapti onajon,

Ko’ngil ekan (Turkman qiz 3),

Menikisiz, Nasibam, Onamning tilagi,

Seni bugun ko`rmasam bo`lmas, Sevar eding,

Shahzodangni kut,

Shohsupa,

Soch o’stirib (Turkman qiz 4),

Turkman qizga uylanaman,

Uzun ko’ylak (Turkman qiz 2),

Yig`ladim

Wat is er nieuw in de nieuwste versie 2.0

Last updated on Aug 20, 2022

Siz sevgan qo'shiqlar

Vertaling Laden...

Aanvullende APP -informatie

Laatste Versie

Verzoek update van Oxunjon Madaliyev 2.0

Geüpload door

Danar Sarsam

Android vereist

Android 4.4+

Meer Info
Talen
Abonneer u op APKPure
Wees de eerste die toegang krijgt tot de vroege release, nieuws en gidsen van de beste Android -games en apps.
Nee bedankt
Aanmelden
Succesvol ingeschreven!
Je bent nu geabonneerd op APKPure.
Abonneer u op APKPure
Wees de eerste die toegang krijgt tot de vroege release, nieuws en gidsen van de beste Android -games en apps.
Nee bedankt
Aanmelden
Succes!
Je bent nu geabonneerd op onze nieuwsbrief.