Kami gunakan kuki dan teknologi yang lain pada laman web ini untuk menambah baik pengalaman anda.
Dengan klik mana-mana pautan pada halaman ini, anda bersetuju dengan Dasar Privasi dan Dasar Kuki kami.
Ok Saya Setuju Baca Yang Selanjutnya

40 hadis. Imom an-Navaviy Tangkapan skrin

Mengenai 40 hadis. Imom an-Navaviy

Imom an-Navaviy'ning 40 hadisini o'z ichiga olgan dastur.

Ushbu dastur o'z ichiga:

1. 42 ta hadis

2. 42 ta hadis tarjimasi

3. 42 ta hadis arab tilida

4. 42 hadis audiosi

5. Qulay mengganggu

6. Tungi rejim

7. Sevimli hadislarni alohida saqlash

8. Hadislarni boshqalar bilan baham ko'rish

imkoniyatlarni o'z ichiga oladi.

ARBA'IN HADIS

Yahyo bin Sharofiddin bin Murriy bin Hasan

al-Hizomiy al-Huvroniy an-Navaviy

MUALLIF HAQIDA

Imom, hofiz, faqih, muhaddis Yahyo ibn Sharofiddin ibn Murriy ibn Hasan al-Hizomiy alHuvroniy an-Navaviy Islom olaning mo‘‘tabar olimlaridan sanaladi. Kunyalari – Abu

Zakariyo, laqablari Muhiddin. Ammo Allohga tavozu’ qilib, Muhiddin deb laqablanishni

karih ko‘rganlar. Chunki din doimiy hayot va sobit bo‘lgan narsadir, tiriltiruvchi kishiga

muhtoj emasdir, deb aytardilar. («Muhiddin» – dinni tiriltiruvchi, degan ma’noni

anglatadi.) Lahmiy u zot haqida: «Meni Muhiddin deb ataydiganlarni do‘st tutmayman,

deb aytdilar», deydilar.

Imom Navaviy hijratning 631 yili muharram oyida Damashqdagi Navo shahrida dunyoga

keldilar. Yoshliklaridayoq Qur’onni yod oldilar. O'n to'qqizga kirganlarida otalari

Damashqqa olib bordilar va «Ravohiya» madrasasiga joylashtirdilar. Maqsad ilm tahsilini

yanada kuchaytirish edi. Bu yerda Ishoq ibn Ahmad ibn Usmon Mag‘ribiy al-Maqdisiydan

fiqhni ta’lim oldilar, Sheroziyning «Muhazzab» nomli kitoblarini o‘qib chiqdilar. Ishoq ibn

Ahmad u zotning fiqh ilmidagi birinchi ustozlari bo‘ldi. Navaviy hazratlari har kuni 12 xil

dars bilan mashg‘ul edilar. Orada tib bilan ham mashg‘ul bo‘lishga qasd qildilar. Lekin

Alloh taolo u zotni bu ilmdan burib qo‘ydi. Balki Damashqdagi «Dorul hadis alAshrafiya»da dars berishni nasib qildi. Bu hodisa hijratning 665 yili ro‘y berdi.

Imom Navaviy hazratlari nihoyatda taqvodor, zohid, parhezli kishi edilar. Biror soatlarini

Alloh toatidan boshqa ishga sarf qilmasdilar. Kechalarini ibodat va kitob tasnif etish bilan

o‘tkazardilar. Haq u kishi uchun hamma narsadan ustun edi. Podshoh Zohir Bibris bilan

bo‘lib o‘tgan hodisa u zotning xulqlaridagi ana shu qirrani ochadi. Malik Zohir bir fatvoga

imzo chekish uchun u zotni chaqirtirdi. Imom hazratlari boshlariga kichikkina salla o‘rab

bordilar. Sallalariga qarab mensimasdan: «Hai syaix! Bu fatvoga imzo chek», dedi.

Ammo Imom bosh tortdilar. Podsoh g‘azab bilan: «Nima uchun?» deb so‘radi. Shunda

Shayx hazratlari: «Bu fatvoda og‘irlik keltiruvchi zulm bor», dedilar. Podshoh yanada

g‘azablanib: «Uni hamma vazifalaridan bo‘shatinglar», deb amr qildi. A’yonlar esa:

«Unda hech qanaqa vazifa yo‘q», deb javob berishdi. So‘ng podshoh qatl qilishni qasd

qildi. Lekin unga Alloh niyatini amalga oshirishga jur’at bermadi. «Nega o‘ldirmadingiz,

bunaqa vaziyat boshqa bo‘lmaydi?» deyishganida, podshoh: «Allohga qasamki, uning

vajohati meni qo‘rqitib yubordi», deb javob berdi.

Bu ish Allohning fazlidir. Uni solih bandalaridan xohlaganiga berati.

Imom Navaviy juda ko‘p kitob tasnif etganlar. Misol tariqasida ularning ba’zisini keltirib

o‘tamiz.

1. Sharhi Sahihi Muslim.

2. Irhod.

3. Taqrib va ​​Taysiyr fiy ma’rifati sunanil Bashiyr an-Naziyr.

4. Tahziybul asmo val lug‘ot.

5. At-Tibyon fiy odobi hamlatil Qur’on.

6. Minhoji at-Tolibiyn.

7. Bustonil orifiyn lin-Navaviy.

8. Xulosatul ahkom fiy muhimmoti sunani va qavoidil islom.

9. Ravzatut tolibiyn va umdatul muftiyn.

10. Sharhul muhazzab.

11. Al- Azkor min kalami sayyidil abror.

12. Arba’iyn. (qo‘lingizdagi ushbu kitob).

13. Iyjoz.

14. Jomi’us-Sunnah.

15. Muxtasaru Usdul g‘oba.

16. Vattarxis fil qiyomi lihlil fazl.

17. Va tahriyri alfozi tanbeh.

18. Val-fatovo.

19. Iyzoh.

20. Riyozus solihiyn

Quyidagi sunnat kitoblarini shayxlaridan eshitganlar:

1. Jomi’ as-sahih al-Buxoriy.

2. Sahihi Muslim.

3. Sunani Abu Dovud.

4. Jomi’ut Termiziy

5. Sunani Ibn Moja.

6. Sunani Nasaiy.

7. Muvatto Molik.

8. Musnadi Shofe’iy.

9. Musnadi Ahmad.

10. Musnadi Doramiy.

11. Musnadi Abu Ya’lo.

12. Sahihi Abu Avona.

13. Sunani Bayhaqiy.

14. Sharhi sunna lil Bag‘aviy.

15. Amalul yavm val layla li Ibn Sunniy.

Apa yang baru dalam versi terkini 1.0.1

Last updated on Jul 23, 2022

Dasturning birinchi versiyasi!

Terjemahan Memuatkan...

Maklumat APLIKASI tambahan

Versi Terbaru

Minta 40 hadis. Imom an-Navaviy Kemas kini 1.0.1

Dimuat naik oleh

Omar Shahin

Memerlukan Android

Android 5.0+

Available on

Dapatkan 40 hadis. Imom an-Navaviy melalui Google Play

Tunjukkan Lagi
Bahasa
Langgan APKPure
Jadilah yang pertama untuk mendapatkan akses kepada pelepasan awal, berita, dan panduan permainan dan aplikasi Android terbaik.
Tidak, Terima kasih
Daftar
Berjaya berjaya!
Anda kini melanggan APKPure.
Langgan APKPure
Jadilah yang pertama untuk mendapatkan akses kepada pelepasan awal, berita, dan panduan permainan dan aplikasi Android terbaik.
Tidak, Terima kasih
Daftar
Kejayaan!
Anda kini melanggan surat berita kami.