Jannatga yo‘l


3.0 by Sabr
May 30, 2021 Old Versions

About Jannatga yo‘l

Abdulla Oripovning «Jannatga yo‘l» dramatik dostoni

Abdulla Oripovning «Jannatga yo‘l» dramatik dostoni fantastik va afsonaviy-mifologik mavzu asosida yaratilgan.

Dostonda aks ettirilgan voqea-hodisalar «narigi dunyo»da sodir bo‘ladi (Dante Aligerining «Ilohiy komediya» si va Fitratning

«Qiyomat» (1923) hikoyasi qahramonlari ham «u dunyo» da harakat qiladilar). Asarda ota-ona hurmati nihoyatda ulug‘lanadi.

Masalan. bu dunyoda otasini bir martagina sansiragani uchun yetti marta hajga borgan mo‘ysafidning jannatga tushmagani aytiladi.

Shoir Yigit bir qizaloqni soydagi toshqindan qutqarib bevaqt vafot etgan. U tarozibon huzurida gunohini tan oladi. Tarozibon unga qarata:

Savob degan narsa axir tasodif emas,

Yetmish ikki tomirdan u oqib kelgusi,

Yaxshi odam yaxshiligin anglamay qolmas,

U vijdonni bir vazifa deya bilgusi

- deydi. Yigit arosat dashtini aylanadi, jannat darvozasi qoshiga boradi, ota -onasi bilan uchrashadi. Yigit hayot tajribasi oz bo‘lgani bilan oq-qorani yaxshi tanuvchi, ayniqsa, hayot mashaqqatlarini obdon boshdan o‘tkazgan odam. U do‘zaxdan dahshatliroq hodisalarni, kunlarni, shaytondan vahshatliroq odamlarni ko‘rgan va chidashga majbur bo‘lgan. «Jannatga yo‘l» dostonida Sado obrazi lirik qahramon tarzida berilgan bo‘lib, ilohiy qudrat deb baholanuvchi haq va adolat kuchi timsolidir. Dostondagi Yigit obrazini ochishda Do‘st, Do‘st obrazini ochishda Yigit obrazi muhim ahamiyatga ega. Do‘st «u dunyo»da ham odamlar haqidagi o‘z fikrida qat’iy turadi. Shu Yigitning olijanob va insoniy qiyofasidagi yangi-yangi qirralar namoyon bo‘ladi:

O‘ylab qara, tarixda bor ibrat doimo:

Ne - ne zotlar gar o‘zlari topsa ham to‘zim.

Odamzotga ko‘rmaganlar yomonlik ravo.

Ezgulikning yo‘li og‘ir, serg‘alva garchand.

Yuksaklarga ko‘taradi sohibin biroq.

Mayli, mening ruhim siniq, xayolim parkand,

His qilurman, ezgulikning oftobi porloq.

Yigit Do‘stga yetishmaydigan ikki paysa savobni o‘z savoblari hisobidan berishga qaror qiladi. Do‘st ham shu fikrda edi. Yigit va Do‘st esa o‘zi jannatga kirib, qadrdonini uning tashqarisida qoldirib ketishni nomardlik deb biladi. Asarda kimsa, o‘spirin, qariya, hur qiz obrazlarida xuddi bu dunyodagidek, u dunyoda ham izg‘ib yurgan ig‘vogar, o‘z manfaati yo‘lida bir-biri bilan it-mushukdan beshbattar, beor janjalkashlar, o‘ylamay gapiruvchilar keskin tanqid qilingan. Doston nihoyasida Sado jannat eshiklari ochilganidan xabar berib, Do‘stga ham, Yigitga ham jannat ato etajagini ma’lum qiladi.

Shoir ushbu asarida ezgulikni imkon borida yoxud imkon boricha ro‘yobga chiqariladigan xohish emas, amalga oshirilishi zarur ehtiyoj sifatida talqin etgan.

What's New in the Latest Version 3.0

Last updated on Jun 3, 2021
Jannatga yo‘l

Additional APP Information

Latest Version

3.0

Uploaded by

Victor De Araujo Rodrigues

Requires Android

Android 5.0+

Report

Flag as inappropriate

Show More

Use APKPure App

Get Jannatga yo‘l old version APK for Android

Download

Use APKPure App

Get Jannatga yo‘l old version APK for Android

Download

Jannatga yo‘l Alternative

Get more from Sabr

Discover