We use cookies and other technologies on this website to enhance your user experience.
By clicking any link on this page you are giving your consent to our Privacy Policy and Cookies Policy.

QUR’ONI KARIM - Ma’nolari tarjimasi 屏幕截图

关于QUR’ONI KARIM - Ma’nolari tarjimasi

O'zbekiston musulmonlari idorasi va TIU tavsiyasiga binoan nashr etildi。

Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur

Mas’ul muharrir: Hamidulla Karomatov

TAHRIR HAY’ATI A’ZOLARI:

Abdurashid qori Bahromov, Rahmatulloh qori Obidov, Ne’matilla Ibrohimov, Hayriddin Sultonov,Hamidulla Karomatov, Najmiddin Komilov, Zuhriddin Husniddinov, Zohidjon Islomov, Botirbek Hasanov.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining qarori va Toshkent islom universiteti Ilmiy kengashi tavsiyasiga binoan nashr etildi.

TARJIMA HAQIDA

Ma’lumki, Qur’oni karim Alloh taolo tomonidan Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga 23 yil mobaynida sura, oyat tarzida elchi farishta –Jabroil alayhissalom orqali ilohiy vahiy sifatida, arab tilida, og‘zaki nozil qilingan. Islom dini ta’limotining asosiy manbalari (Qur’on, Sunnat, Ijmo‘, Qiyos)ning birinchisi sanalmish bu Kalomi sharifning til va bayon jihatidan ilohiy mo‘’jizaligi ham uni arab tilida o‘qib, fikr yuritgandagina namoyon bo‘ladi. Boshqa har qanday tilga o‘girilganda Qur’on tiliga xos xususiyatlar, nazmiy uslub, maftunkor ohang va ruhiy ta’sir o‘z kuchini yo‘qotadi. Tarjimon har qancha mahoratli, tajribali lug‘atga boy bo‘lmasin, oyatlarning arabcha holidagi mazmunini boshqa tilda mukammal ifoda eta olmaydi. Bu inkor etib bo‘lmas haqiqat.

Arab tilida o‘qib anglash esa, hammaning ham imkon darajasida emas. Hatto arablarning o‘zlari ham Qur’on oyatlarini to‘la tushuna olmasliklarini tan oladilar. Ulug‘ sahobalar ham ko‘pdan-ko‘p oyatlar mazmunida bahslashib, bir yechimga kelisha olmay, Rosul alayhissalomning o‘zlaridan so‘rab, aniqlab olganlari to‘g‘risida sahih hadislar mavjud.

Qur’oni karimni boshqa tillarga tarjima qilish harakati ancha qadimdan boshlangan. Ayniqsa, arab bo‘lmagan halqlarning islomga kirishlari bu harakatga asosiy sabab bo‘lgan. Garchi islom ulamolari oyatlarni har qanday tilda sharhlab tafsir qilishga ruxsat bersalar-da, biroq so‘zma-so‘z tarjima qilib yozishga mutloqo izn bermaganlar, zero tarjimani yozib qo‘yishlik bilan Qur’on mazmuni shundangina iborat degan iddao bo‘ladi, deb uning mas’uliyatidan qo‘rqqanlar. Shuning uchun ajdodlarimiz merosida o‘zbekcha tafsirlar ko‘p. Ammo sof ona tilimizdagi tarjimalarni deyarli uchratmaymiz.

Keyingi asrlarda Qur’oni karim jahon xalqlarining ko‘pgina tillariga tarjima qilindi. Shuningdek, o‘zbek tilida ham bir qancha tarjimalar paydo bo‘ldi. Endilikda bu jarayon yanada kuchayib borishi tabiiy. Bas, shunday ekan, bu sohada kundan-kunga taraqqiyot sari intilish maqsadga muvofiqdir. Avvalgi tarjimalarda uchragan tarjimalarda uchragan kamchiliklarni takrorlamagan holda, tobora sifatli tarjima va tafsirlarni ta’lif etish yangi ulamolarining sharafli vazifalaridandir.

Binobarin, shu jarayonni davom ettirishdek mas’uliyatni zimmamizga olar ekanmiz, bunda mutlaqo xato nuqsonlar yo‘q, degan fikrdan yiroqmiz. Beayb-Parvardigor.

最新版本3.0更新日志

Last updated on 2021年08月08日

QUR’ONI KARIM - Ma’nolari tarjimasi

翻译中...

更多应用信息

最新版本

请求 QUR’ONI KARIM - Ma’nolari tarjimasi 更新 3.0

上传者

Hồng Thuận

系统要求

Android 5.0+

更多
订阅APKPure
第一时间获取热门安卓游戏应用的首发体验,最新资讯和玩法教程。
不,谢谢
订阅
订阅成功!
您已订阅APKPure。
订阅APKPure
第一时间获取热门安卓游戏应用的首发体验,最新资讯和玩法教程。
不,谢谢
订阅
成功!
您已订阅我们的邮件通知。